GoldPro
Ko‘p so‘raladigan savollar
Surat orqali narxni bilsa bo‘ladimi?+
Ha. Telegram orqali buyumning umumiy ko‘rinishi va proba yoki referensning yaqin suratini yuboring. Dastlabki bahoni aytamiz. Yakuniy narx ko‘rikdan keyin ma’lum bo‘ladi.
Oltin narxi nimaga bog‘liq?+
Proba, metall vazni va baholash kunidagi narxni hisobga olamiz. Tosh, brend va zargar ishi yakuniy narx taklifga ta’sir qilishi mumkin.
Soat qutisi va hujjatlari kerakmi?+
Saqlangan bo‘lsa, olib keling. Faqat soatning o‘zi bo‘lsa, surat va referensni yuboring, baholash tartibini tushuntiramiz.
GoldPro ofisi qayerda?+
Toshkent shahri, Anhor bo'yi ko‘chasi, 3-uy, mo‘ljal — O‘rda. Aloqa sahifasida ofis Yandex Xaritada belgilangan.